Fakultetlar

Filologiya fakulteti

Filologiya fakulteti

Hozirgi filologiya fakulteti tarixi 1945-yil 1-sentabrda Buxoro birlashgan pedagogika va oʻqituvchilar institutining Qarshi filiali davriga to‘g‘ri keladi, chunki o‘sha davrdan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha talaba qabul qilingan. 1952 yili to‘rtta ixtisoslik birlashtirilib, fakultet mavqeidagi bo‘lim (boshlig‘i Abdimo‘min Qahhorov) tashkil etilgan. 1958 yili rasman o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti (tarix bo‘limi bilan birga) tashkil etildi. Dekanlikka katta o‘qituvchi Salom Nurov tayinlandi. 1960 yilgacha fakultet tarkibida pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi bo‘limi ham bo‘lgan. 1961 yildan o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi tarix-filologiya fakulteti tarkibida faoliyat olib borgan. 1977 yili fakultet ikkiga ajratilib, filologiya (o‘zbek filologiyasi) fakulteti sifatida faoliyat yurita boshladi va 1993 yili filologiya markaziga aylantirildi. 1996 yili o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti maqomi yana tiklandi. 2010 yildan esa yana o‘zbek filologiyasi deb ataldi. 2014 yil avgustda tasdiqlangan yangi tashkiliy tuzilmada o‘zbek filologiyasi fakulteti deb nomlandi. Fakultetga turli yillarda A.Qahhorov (bo‘lim boshlig‘i), dekanlar S.Nurov, S.Shodiyev, A.Ashrapov, A.Mamatqulov, T.O‘rinov, V.Egamberdiyev, A.Mavlonov, F.Eshimov, E.Shodmonov, D.To‘rayev, P.Ravshanov, B.Yo‘ldoshev, T.Nafasov, A.Ergashev, N.Shodmonov, B.Mengliyev, G.Ernazarova, I.Xudoynazarov, Sh.Nuriddinov, R.Jumayevlar rahbarlik qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019-yil 22-noyabrda tasdiqlangan "Qarshi davlat universiteti tashkiliy tuzilmasi" ga va 2019 yil 10-dekabrda bo‘lib o‘tgan universitet kengashi qaroriga muvofiq O‘zbek filologiya fakulteti, Filologiya fakulteti deb nomlandi va ayni paytda ushbu fakultetni dotsent Baxtiyor Rizayev boshqarmoqda.

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP